Asad rejimi kuchlari Idlibga qarshi hujum uyushtirdi

Asad rejimi kuchlari bilan Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan xorijiy terror guruhlari Idlibga qarshi hujum uyushtirdi.

2061852
Asad rejimi kuchlari Idlibga qarshi hujum uyushtirdi

Suriyadagi Bashar Asad rejimi kuchlari tomonidan Idlibning Teftenez qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumda tinch aholidan 1 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi esa tan jarohati oldi.

Idlibning Talhiye qishlog‘iga joylashtirilgan Suriya armiyasi bilan Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan xorijiy terror guruhlari, Idlibning shimoli - sharqidagi Teftenezga qarshi quruqlikdan quruqlikka qarshi o‘q uzuvchi qurollar orqali hujum uyushtirdi.

Harbiy bo‘lmagan (Oq kaskaliklar) manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda tinch aholidan 1 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi esa tan jarohati oldi.

Tan jarohati olganlar atrofdagi shifoxonalarga yetkazildi.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #Teftenez , #Asad rejimi

Aloqador xabarlar