AQShda Falastinni qo‘llab - quvvatlovchi eng yirik namoyish uyushtirildi

Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida sulhni ta’minlash va AQShning Isroilga yordamini to‘xtatish maqsadida mamlakat tarixidagi eng yirik “Falastinni qo‘llab - quvvatlash” namoyishi bo‘lib o‘tdi.

2060502
AQShda Falastinni qo‘llab - quvvatlovchi eng yirik namoyish uyushtirildi
abd filistin'e destek gosterisi1.jpg
abd filistin'e destek gosterisi.jpg

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) poytaxti Vashingtonda Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida sulhni ta’minlash va AQShning Isroilga yordamini to‘xtatish maqsadida mamlakat tarixidagi eng yirik “Falastinni qo‘llab - quvvatlash” namoyishi bo‘lib o‘tdi.

“Vashingtonga milliy yurish: Erkin Falastin” nomi ostida uyushtirilgan namoyishni 450 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilot qo‘llab - quvvatladi.

Oq uy va Kongress yaqinidagi Freedom plaza maydonida boshlagan namoyishda qo‘llarida Falastin bayroqlari bilan Falastinni qo‘llab - quvvatlagan bannerlar ko‘tarib olgan va shahar tashqarisidan kelganlar ham doxil yuz minglab inson ishtirok etdi.

Namoyishni uyushtirgan tashkilotlardan ANSWER koalitsiyasi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida, namoyishda 300 ming nafardan ortiq inson ishtirok etgani va bu namoyish Vashingtonda, AQSh tarixidagi Falastinni qo‘llab - quvvatlovchi eng yirik namoyish ekanini qayd etdi.

Tinchlik tarafdori yahudiy guruhlarni ham o‘z ichiga olgan namoyishda, G‘azoda zudlik bilan otashkesim joriy etilishi va Jo Bayden ma’muriyatidan AQShning Isroilga yordamini to‘xtatish talab qilindi.

Ushbu talablar ifoda etilgach namoyishchilar Oq uy tomon yo‘l oldi.

Poytaxt Vashingtondan tashqari AQShning boshqa shaharlarida xususan Nyu - York, Los - Anjeles, Detroyt va Sietlda ham Falastinni qo‘llab - quvvatlovchi namoyishlar uyushtirildi.

Manhetten Herald maydonida to‘plangan 100 nafardan ortiq Falastinni qo‘llab – quvvatlagan namoyishchi, bir muddat transport harakatini to‘sib, G‘azoda zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi.

Keyinroq politsiya tomonidan kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida namoyishchilar Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi tomon yurib bordi.

Bu yerda shiorlar yangragach, namoyishchilar muammosiz tarqaldi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #Vashington , #AQSh , #Isroil

Aloqador xabarlar