Isroil «Jibaliya» lageriga qarshi uyushtirilgan hujumni tan oldi

Isroil armiyasi matbuot xizmati kotibi Daniel Hagari matbuot anjumanida, G‘azo sektoridagi «Jibaliya» qochqinlar lagerida ikkita bino vayron bo‘lgan va ko‘plab tinch aholi umriga va sog‘liliga zomin bo‘lgan hujumni uyushtirganliklarini tan oldi.

2058820
Isroil «Jibaliya» lageriga qarshi uyushtirilgan hujumni tan oldi

Isroil armiyasi blokada ostidagi G‘azo sektorida, ichida ko‘plab tinch aholi jon saqlagan «Jibaliya» nomidagi qochqinlar lageridagi turar - joy hududiga qarshi uyushtirilgan hujumni bo‘yniga oldi.

Isroil armiyasi matbuot xizmati kotibi Daniel Hagari matbuot anjumanida, G‘azo sektoridagi «Jibaliya» qochqinlar lagerida ikkita bino vayron bo‘lgan va ko‘plab tinch aholi umriga va sog‘liliga zomin bo‘lgan hujumni uyushtirganliklarini tan oldi.

Hagarining qayd etishicha Isroil armiyasi G‘azoga quruqlikdan kirib, «urushni boshqargan» Hamasning yuqori martabali rasmiysi Ibrohim Biariyni nishonga ogan.

Isroil armiyasi matbuot xizmati kotibi, bu hujumda ko‘plab terrorchilarni yo‘q qilganliklarini iddio etib, keng ko‘lamli harbiy infratuzilma mavjud bo‘lgani bois bu holat boshqa binolarning ham cho‘kishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha Isroil kuchlarining «Jibaliya» qochqinlar lageriga qarshi uyushtirgan hujumida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 100 kishining halok bo‘lganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar