Isroilning Jabaliya qochqinlar lageriga hujumi oqibatida 100 kishi halok bo'ldi

Fojiali hujum ortidan HAMAS guruhi Isroil tomonini qochqinlar lageriga raketa hujumi uyushtirib, tinch aholini atayin o‘ldirayotganlikda aybladi.

2058639
Isroilning Jabaliya qochqinlar lageriga hujumi oqibatida 100 kishi halok bo'ldi

 

Isroilning G‘azo sektori shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida 100 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi.

Bu haqda HAMAS nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma'lum qildi.

Fojiali hujum ortidan HAMAS guruhi Isroil tomonini qochqinlar lageriga raketa hujumi uyushtirib, tinch aholini atayin o‘ldirayotganlikda aybladi.

Isroil Mudofaa kuchlari hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan.

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar