AQSh Turkiyani NATOning eng muhim ittifoqchisi deb baholadi

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller ma'lum qildi.

2058066
AQSh Turkiyani NATOning eng muhim ittifoqchisi deb baholadi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiya NATO uchun qimmatli ittifoqchi ekanligini ta'kidlab, ittifoqni mustahkamlash uchun Anqara bilan hamkorlik qilishda davom etishini bildirdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller ma'lum qildi.

Erdo'g'anning Hamas terror tashkiloti emasligi haqidagi bayonotlari ortidan Turkiyani NATOdan chiqarish haqidagi takliflarga munosabat bildirgan Miller, "Bu mavzudagi kelishmovchiliklarga qaramay, Turkiya NATOning qimmatli ittifoqchisi deb ayta olaman”,- dedi.

Ittifoqni kuchaytirish uchun Anqara bilan hamkorlik qilishda davom etishlarini bildirgan Miller, Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi protokoli Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) taqdim etilganini eslatdi.

“Biz NATOni mustahkamlash uchun Turkiya bilan hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz”, dedi Miller.

Uning ta'kidlashicha, bu Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishini tezda amalga oshirishni o'z ichiga oladi.

"Bunday mavzular Turkiya bilan bo'lgan birinchi kelishmovchilik emas. Biz Turkiyani samarali va konstruktiv NATO ittifoqchisi deb bilamiz",-deb qo'shimcha qiladi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar