Isroilning G'azoga qarshi hujumlari davom etmoqda

Isroilning G'azo sektoriga havodan, quruqlikdan va dengizdan uzluksiz hujumlari 24-kundir davom etmoqda  Mintaqada qurbonlar soni 8 mingdan oshgan bo'lsa, 20 mingdan ortiq odam tan jarohati oldi.

2057614
Isroilning G'azoga  qarshi hujumlari davom etmoqda

 

Isroilning G'azo sektoriga havodan, quruqlikdan va dengizdan uzluksiz hujumlari 24-kundir davom etmoqda  Mintaqada qurbonlar soni 8 mingdan oshgan bo'lsa, 20 mingdan ortiq odam tan jarohati oldi.

Shifoxonalarni nishonga olishdan o'zini tiyamagan Isroil qo'shini, G'azodagi Al-Quds kasalxonasi yaqinida raketa hujumi uyushtirdi va Indoneziya kasalxonasi atrofiga ham zarba berdi.

  Shuningdek, Isroil armiyasi Al-Quds kasalxonasiga zarba berish bilan tahdid qilmoqda.

Kecha tungi hujumlarda tinch aholi yashaydigan turar-joylarga jiddiy zarar yetganligi, qurbonlar va jarohatlanganlar borligi bildirildi.

G’azoda xizmat qilgan Turkiya-Falastin do’stlik kasalxonasi ham Isroil hujumlari chog’ida zarar ko’rgan.

Kasalxona direktori Doktor Subhi Sekkik, G'azodagi saraton kasallari uchun yagona shifoxona Turkiya-Falastin do'stlik kasalxonasi ekanligini bildirdi.

  U shifoxonani himoya qilish uchun Turkiyadan yordam so‘radi.

Ayni paytda G'azodagi Al-Aqsa televideniyesi Isroilning hujumlarida oq fosforli bombalardan foydalanishda davom etganini ma'lum qildi.

Isroil armiyasi 7 oktabrdan beri G‘azodagi 200 mingdan ortiq turar-joyni nishonga oldi.

Isroil tomonidan 80 ta hukumat binosi, 47 ta masjid, 3 ta cherkov va 203 ta maktab bombardimon qilindi. Hujumlar natijasida 12 kasalxona va 32 sog'liqni saqlash markazi xizmatdan chiqdi.

  G'azo sektoriga gumanitar yordamning kirishi cheklangan asosda davom etmoqda.

Yana 24 yuk mashinasi Misrga ochilgan Rafah chegara darvozasi orqali G'azoga kirdi. 7-oktabrdan beri G’azoga yetib kelgan yordam yuk mashinalari soni 118 taga yetdi.

Boshqa tomondan, Isroil, Hamas tomonidan ushlab turilgan mahbuslar sonini 239 nafarga yangiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Davom etmoqda , #Hujumlar , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar