AQShning Istanbuldagi Bosh konsulligi oldida namoyish o'tkazildi

Istanbulning Sariyer dahasida joylashgan AQSh Bosh konsulligi binosi oldida to'plangan namoyishchilar G'azoda qatliom sodir qilayotgan Isroilni qoraladi.

2053200
AQShning Istanbuldagi Bosh konsulligi oldida namoyish o'tkazildi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarining Istanbuldagi Bosh konsulligi oldida Isroilning G'azodagi "Al-Ahli Baptistlar" kasalxonasiga sodir etgan hujumini qoralash maqsadida namoyish o'tkazildi.

Istanbulning Sariyer dahasida joylashgan AQSh Bosh konsulligi binosi oldida to'plangan namoyishchilar G'azoda qatliom sodir qilayotgan Isroilni qoraladi.

Namoyishchilar AQSh va Isroilga qarshi shiorlar bilan hayqirdi, hujumlarda halok bo'lganlar ruhiga duo qilindi, Qur'on tilovat qilindi.

Ma’ruzalarda AQSh bosqinchi Isroil rejimining homiysi va sherigi ekanligi ta’kidlandi.

Ma'ruzalarda G'azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumda ko'plab himoyasiz begunoh insonning hayotdan ko'z yumganiga diqqat qaratilib, Falastin xalqiga hamdardlik bildirildi.

Eslatma: Isroil 17 oktyabr kuni tunda G'azo markazidagi "Al-Ahli Baptistlar" kasalxonasini bombardimon qildi. Qirg'inda 471 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi.

Isroilning 7 oktyabrdan beri davom etayotgan hujumlarida 3 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi, 12 ming 500 dan ortiq falastinlik tan jarohati oldi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar