Sarayevoda Isroil qatliomini qoralash maqsadida namoyish o'tkazildi

Namoyishda Falastin bayroqlari ko‘tarilib, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytildi.

2052491
Sarayevoda Isroil qatliomini qoralash maqsadida namoyish o'tkazildi

 

Sarayevodagi Falastin uyushmasi, Bosniya va Gertsegovinaning ko'plab fuqarolari va Falastin xalqi tarafdorlari Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoning ramzi "Bashcharsi"dagi maydonda namoyish o'tkazdi.

Isroilning G'azodagi "Al Ahli Baptistlar" kasalxonasini bombalashiga norozilik bildirish uchun o'tkazilgan namoyishda, Falastin bayroqlari ko‘tarilib, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytildi.

Eslatma: Isroil armiyasi kecha, 17 oktyabr kuni G‘azodagi "Al-Ahli Baptist" kasalxonasini portlatdi. Dahshatli portlash oqibatida 500 kishi halok bo‘ldi. Hayotdan ko'z yumganlarning aksariyati yosh bolalar va ayollardir.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos voqea ortidan 3 kunlik motam e'lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar