Ekvadorda Daniel Noboa prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi

Ovozlarning 91,46 foizi sanalgan mamlakatda yakuniy bo‘lmagan natijalarga ko‘ra, Milliy Demokratiya Harakati nomzodi Noboa 52,28 foiz, so‘lchi Xalq inqilobi nomzodi Luisa Gonsales esa 47,72 foiz ovoz olgan.

2051252
Ekvadorda Daniel Noboa prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi

 

Janubiy Amerika mamlakati Ekvadorda 35 yoshli Daniel Noboa prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqani tasdiqlandi.

Ovozlarning 91,46 foizi sanalgan mamlakatda yakuniy bo‘lmagan natijalarga ko‘ra, Milliy Demokratiya Harakati nomzodi Noboa 52,28 foiz, so‘lchi Xalq inqilobi nomzodi Luisa Gonsales esa 47,72 foiz ovoz olgan.

Noboa o'zining g'alaba nutqida ertadan boshlab yangi Ekvador uchun ishlashlarini aytdi.

"Ertaga yangi umid boshlanadi va ertadan boshlab respublikaning yangi prezidenti Daniel Noboa ish boshlaydi." Deya ifoda etildi.

Natijalar yakunlangandan keyin Gonsales mag'lubiyatni tan oldi va shunday dedi:

"Demokratiya g'alaba qozondi, biz chin dildan tabriklaymiz." dedi



Aloqador xabarlar