Gretsiyada mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Afina meri, bosh vazir Kiriakos Michotakisning jiyani Kostas Bakoyannis saylovning ikkinchi bosqichida mag‘lub bo‘ldi. Afinaning yangi meri 56 foiz ovoz bilan Xaris Dukas bo‘ldi.

2051220
Gretsiyada mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

 

Kecha Gretsiyada mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bosqichda 43 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmagan nomzodlarning hududlarida ikkinchi bosqich o‘tkazildi.

Saylovlar oltita viloyat va 84 ta munitsipalitetda bo‘lib o‘tdi.

Hukmron Yangi Demokratiya partiyasi birinchi turda erishgan muvaffaqiyatini ikkinchi turda qolgan hududlarda ko‘rsata olmadi va olti viloyatdan beshtasida mag‘lub bo‘ldi. Afina va Saloniki kabi yirik viloyatlarda vaziyat o'zgardi.

Afina meri, bosh vazir Kiriakos Michotakisning jiyani Kostas Bakoyannis saylovning ikkinchi bosqichida mag‘lub bo‘ldi. Afinaning yangi meri 56 foiz ovoz bilan Xaris Dukas bo‘ldi.

G'arbiy Frakiyadagi saylov poygasida turk millatiga mansub nomzodlar oldinga chiqdi. 3 viloyatdagi saylov natijalari turk millatiga mansub nomzodlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Ahmet Kurt Xanthi viloyatidagi Mustafchova shahar hokimligi uchun saylovda g'olib chiqdi. Rodop viloyatining Kozlubekir shahar hokimi saylovida Erdem Huseyin g‘alaba qozondi. Janer İmam Rodopi viloyatidagi Yassiko‘y munitsipalitetiga birinchi turdayoq mer etib saylandi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar