Ko'plab davlatlar Isroildagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi

Jumladan, Germaniya, Gretsiya, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Italiya Isroildagi urush holati tufayli o'z fuqarolarini evakuatsiya qilishga kirishdi.

2049310
Ko'plab davlatlar Isroildagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi

 

Isroildagi chet el fuqarolari xavfsizlik nuqtai nazaridan evakuatsiya qilinmoqda.

Ko'pgina davlatlar o'z fuqarolarini Isroildan olib chiqish ishlarini davom ettirmoqda.

Germaniya o‘z fuqarolarini Isroildan evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Ta'kidlanishicha, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Isroilga 4 ta reysni amalga oshiradi.

Gretsiya Isroildagi yana 90 nafar fuqarosini evakuatsiya qilganini e'lon qildi.

Braziliya prezidenti Lula da Silva evakuatsiya uchun yuborilgan birinchi samolyot Tel-Avivga qo‘nganini ma’lum qildi.

Argentina Isroildan o‘z fuqarolarini mamlakatga olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda. 

Kolumbiya ham o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Isroilga harbiy samolyot jo‘natishini ma’lum qildi.

Italiya o'z fuqarolarini Isroildan evakuatsiya qilishni boshladi va birinchi bosqichda 200 kishi poytaxt Rimga yetib keldi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar