Mahmud Abbos BMTni hujumlarni to'xtatish uchun chora ko’rishga chaqirdi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi.

2048633
Mahmud Abbos BMTni hujumlarni to'xtatish uchun chora ko’rishga chaqirdi

 

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Birlashgan Millatlar Tashkilotini Isroilning G'azo sektoriga hujumlarini to'xtatish uchun chora ko’rishga chaqirdi.

Falastin rasmiy agentligi WAFA xabariga ko‘ra, Mahmud Abbos BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qilgan.

G'azo sektoridagi Falastin xalqiga insonparvarlik va tibbiy yordam ko'rsatishning ahamiyatiga e'tibor qaratgan Abbos, BMTning G'azo sektoridagi gumanitar falokatni oldini olish uchun chora ko’rishi va Falastin xalqini himoya qilish bo'yicha xalqaro miqyosda e'tirof etilgan vazifalarini bajarishi kerakligini ta'kidladi.

U shuningdek, mintaqadagi taranglikni to'xtatishning yagona yo'li Isroilning poytaxti Quddus bo'lgan Falastin davlati hududidagi ishg'oliga chek qo'yish ekanligini bildirdi.

Guterrish, o’z navbatida BMT G‘azo sektori aholisiga shoshilinch insonparvarlik yordamini yetkazish va davom etayotgan keskinlikni to’xtatish maqsadida barcha tegishli xalqaro tomonlar bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilayotganini aytdi.

Falastin davlat rahbari shuningdek, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Iordaniya qiroli Abdulloh II, Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi va Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Tani bilan ham Isroil hujumlarini to‘xtatish masalasini muhokama qildi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Ikki tomondan qurbonlar soni 1600 dan oshdi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #Mahmud Abbos , #BMT

Aloqador xabarlar