Hamas harakatining hujumlari oqibatida 73 nafar İsroil askari halok bo'ldi

G'azodan boshlangan hujumlar natijasida yaralangan isroilliklar soni 2315 nafarga yetdi. Ulardan 365 nafari og'ir ahvolda.

2048004
Hamas harakatining hujumlari oqibatida 73 nafar İsroil askari halok bo'ldi

 

Isroil armiyasi Hamas harakati tomonidan shanba kuni boshlangan hujumlarda halok bo'lgan askarlari soni 73 nafarga yetganini ma'lum qildi.

Armiya tomonidan berilgan yozma bayonotda, halok bo'lgan yana 16 nafar isroillik askarning shaxsi haqidagi ma'lumotlar oilalari va jamoatchilikka ma'lum qilingani bilan bildirildi.

Isroil armiyasi Livan chegarasi yaqinidagi Jalil Garbi hududida askarlarining tasodifan o'z askarlariga qarata o't ochishi oqibatida 4 kishi yaralanganini ma'lum qildi.

G'azodan boshlangan hujumlar natijasida yaralangan isroilliklar soni 2315 nafarga yetdi. Ulardan 365 nafari og'ir ahvolda.

Isroil armiyasi kecha G'azo shimoli-sharqidagi Bayt Xanun shahri va atrofidagi 120 ob'yektni bombardimon qilgan.

O'nlab tonna raketalar bilan amalga oshirilgan hujumda Hamas harakati pozitsiyalariga zarba berilgan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Hamas

Aloqador xabarlar