Afg‘onistonda 6.3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida 6.3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

2047786
Afg‘onistonda 6.3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali yer silkinishi oqibatida 215 kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Hirot Davlat kasalxonasi nazoratchisi Barat Muin matbuotga bergan bayonotida, ushbu yer silkinishi tufayli faqatgina nomi tilgan olingan kasalxonaning oʻziga hozirgacha 500 nafar yaradorning olib kelinganini bildirdi.

Muin, yer silkinihida halok boʻlganlar sonining 215 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Tolibon muvaqqat hukumatining tabiiy ofatlar bo‘yicha davlat vazirligi matbuot xizmati kotibi Mulla Janan Saik, Hirotning Zindajon tumanidagi 7 qishloq katta ziyon ko‘rganini qayd etdi.

Hirot viloyati gubernatori Nur Ahmad Islomjar, xalqaro hamjamiyatdan voqeada jabr koʻrganlar uchun zudlik bilan yordam so‘rab murojaat qildi.

Islomjar mavzu haqidagi videomurojaatida, yer silkinishi qurbonlari zudlik bilan dori - darmon va oziq - ovqatga muhtojligini taʼkidlab, barcha xayriya tashkilotlaridan yordam joʻnatishlarini soʻradi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Geologik kuzatishlar markazi (USGS) maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistonning gʻarbida, Eron bilan chegarada joylashgan Hirot viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan boshlab ketma - ket bir necha marta yer silkinishi sodir boʻlgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Hirot , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar