Liviyada suv toshqinlari qurbonlarining shaxsi aniqlanmoqda
Liviya Milliy Birlik Hukumati (MBH), 10-sentabr kuni mamlakat sharqida sodir bo'lgan toshqinda hayotdan ko'z yumganlarning shaxsini aniqlash ishlari boshlanganini e'lon qildi.
Liviya Milliy Birlik Hukumati (MBH), 10-sentabr kuni mamlakat sharqida sodir bo'lgan toshqinda hayotdan ko'z yumganlarning shaxsini aniqlash ishlari boshlanganini e'lon qildi.
Seldan eng ko'p zarar ko'rgan Derneda jasadlarni vayronalar ostidan va dengizdan olib chiqish ishlari davom etmoqda
Selda halok bo'lganlarning shaxsini aniqlash ishlari ham boshlandi. Shu nuqtai nazardan, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Tabiiy ofat qurbonlarini aniqlash guruhi (DVI) Dernega borib, u yerdagi rasmiylar bilan vaziyatni baholadi.
MBHga aloqador Facebook’dagi “Hukumatimiz” sahifasida berilgan bayonotda, DVI Interpol tomonidan yuborilgan birinchi jamoa ekanligi bildirildi.
MBHga aloqador Ichki ishlar vazirligi, Interpol Bosh Kotibiyati Liviyaga boshqa mamlakatlardan shaxsni aniqlash uchun bir guruh yuborishini ma'lum qildi.
Bayonotda ushbu tadqiqotlar Ichki ishlar vazirligiga qarashli arab va xalqaro jinoiy politsiya idorasi bilan kelishilgan holda olib borilishi qayd etildi.
Liviyada suv toshqinining birinchi kunlarida ko‘plab jasadlar shaxsi aniqlanmagan holda ko‘milgan edi.
Liviya sharqidagi hukumatga aloqador Ichki ishlar vazirligi dafn etilgan odamlarning fotosuratlarini olib, ularning oilalari keyinchalik ularning shaxsini bilib olishlari uchun ularni maxsus internet platformasida bo’lishgan edi.
Keyingi kunlarda mos kelish uchun DNK namunalari olinganidan keyin jasadlar dafn qilindi.
10-sentabr kuni Liviyaning sharqida sodir bo‘lgan “Daniel” bo‘roni Bing’ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlariga sabab bo‘ldi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) matbuot kotibi Tarik Jasarevich 19 sentyabr kuni qilgan bayonotida, Liviyada suv toshqini oqibatida 3 ming 998 kishi hayotdan ko'z yumgan, 8-9 ming kishi esa bedarak yo'qolgan.
Aloqador xabarlar
Nigeriyada ikki qavatli binoning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo'ldi
Yaralangan 7 kishi vayronalar ostidan olib chiqilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.