Turk qutqaruvchilar Liviyada bir oilani qutqarishga muvaffaq bo’ldi

Ichki ishlar vazirligiga qarashli Favqulodda vaziyatlar qo'mitasi matbuot kotibi Velid al-Urfining ta’kidlashicha, Turk qutqaruvchilarining sa'y-harakatlari natijasida bir oilaning barcha a'zolari vayronalar ostidan tiriklayin olib chiqilgan.

2037732
Turk qutqaruvchilar Liviyada bir oilani qutqarishga muvaffaq bo’ldi

 

Turkiya seldan jabrlangan Liviyaga yordam qo’lini uzatishda davom etmoqda.

Turkiyadan mamlakatga yetib borgan qutqaruvchilar kecha oqshom Dernada bir oilani qutqarishga muvaffaq bo’ldi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga qarashli Favqulodda vaziyatlar qo'mitasi matbuot kotibi Velid al-Urfi ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turk qutqaruvchilarining sa'y-harakatlari natijasida bir oilaning barcha a'zolari vayronalar ostidan tiriklayin olib chiqilgan.

Shuningdek, mamlakat sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli qidiruv-qutqaruv guruhlari suv toshqinidan 96 soat o'tib, ikki kishini qutqarishga muvaffaq bo’lgan.

Dernadagi falokatdan 96 soat o'tib Liviya qidiruv-qutqaruv guruhlari 26 yoshli Nabil Mansur Sulaymon va 34 yoshli Ramazon al-Feyturiyni vayronalar ostidan tiriklayin olib chiqqan.

Qutqarilganlarning sog'ligi barqaror ekanligi va Dernedagi ko’chma shifoxonaga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

Eslatma: 10-sentyabr kuni Markaziy O‘rta yer dengizida ro’y bergan “Daniel” to‘foni Liviya sharqida dahshatli sel falokatiga sabab bo’ldi. Mamlakatning Bing’ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlari yuz berdi. Liviya hukumati sharqdagi Kirenaika provinsiyasidagi uchta tumanni falokat zonasi deb e’lon qildi.

Dovul natijasida Dernani o‘rab turgan ikkita to‘g‘on yorilib, toshib ketdi. Suv Liviya sharqida turar-joy mahallalarini yuvib, qirg‘oq bo‘ylab uylarni vayron qilgan. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Maktablar va do‘konlar yopildi, komendantlik soati joriy etildi.

Liviya Milliy Birlik Hukumati sel falokatida 6 ming kishi halok bo'lganini, minglab odam bedarak yo'qolganini e'lon qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya

Aloqador xabarlar