Putin bilan Kim Chen In kosmodromda uchrashdi

Putin bilan Kim, Rossiyaning Amur viloyatidagi «Vostonchniy» kosmodromida uchrashdi.

2036766
Putin bilan Kim Chen In kosmodromda uchrashdi

Vladimir Putin amaliy tashrif bilan Rossiyaga kelgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Putin bilan Kim, Rossiyaning Amur viloyatidagi «Vostonchniy» kosmodromida uchrashdi.

Kim, band boʻlishiga qaramay Rossiyaga taklif qilgani uchun Vladimir Putinga minnatdorchilik bildirdi.

Kosmodromni ko‘zdan kechirgan ikkala lider «Angara» raketa tashuvchisining yigʻilish jarayoni bilan tanishib, «Soyuz - 2» raketa kompleksini uchirish majmuasini koʻzdan kechirdi.  

Putin bilan Kimga shu paytda «Roskosmos» davlat korporatsiyasi bosh direktori Yuriy Borisov bilan Kosmik infratuzilma operatsiyalari markazi bosh direktori Nikolay Nesterchuk ma’lumot berdilar.

Kosmodromdagi jarayon yakun topgach ikkala lider, o‘zlariga hamrohlik qilayotgan hay’atlar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Kim Chen In , #kosmodrom

Aloqador xabarlar