Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Matsuno Xirokazu raketa sinovini qoraladi va Yaponiyaning Pekindagi elchixonasi orqali Shimoliy Koreyaga norozilik notasi yuborilganini aytdi.

2036945
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

 

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi.

Bu haqda Janubiy Koreya va Yaponiya rasmiylari bayonot berdi.

Yaponiya Mudofaa vazirligi bergan ma’lumotlarga ko'ra, Shimoliy Koreya yana ikkinchi raketani ham uchirgan. Vazirlik raketaning qaysi yo‘nalishda uchganiga aniqlik kiritmagan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ikkala raketa ham Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari ham ikkinchi raketa haqida xabar bergan. Har ikkala qisqa masofali raketalar ham mahalliy vaqt bilan soat 11:43 va 11:53 oralig‘ida Pxenyan tashqarisidagi Sunan hududidan uchirilgan.

Shimoliy Koreya 2 sentyabr kuni ham Sariq dengizga bir nechta qanotli raketalarni uchirgandi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Matsuno Xirokazu raketa sinovini qoraladi va Yaponiyaning Pekindagi elchixonasi orqali Shimoliy Koreyaga norozilik notasi yuborilganini aytdi.

Sinovlar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyada prezident Vladimir Putin bilan uchrashayotgan vaqtda o‘tkazilgani diqqat qaratdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar