Marokashdagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Marokashda 8 - sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bo‘lgan yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi.

2036282
Marokashdagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Marokashdagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 2 ming 862 nafarga chiqdi.

Ichki Ishlar vazirligi 8 - sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bo‘lgan yer silkinishi haqida oxirgi ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Vazirlik bayonotida o‘chog‘i Marrakeshning Al - Hauz mintaqasi ekani aniqlangan 7 magnitudali yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 2 ming 862 nafarga chiqqani bildirildi. Tan jarohati olganlar soni esa 2 ming 562 nafar deb qayd etildi.

Marokashda 8 - sentabr kuni kechasi o‘chog‘i Marrakeshning Al - Hauz mintaqasi ekani aniqlangan 7 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgandi.

Voqea Marrakeshdan tashqari poytaxt Rabat bilan Kasablanka, Meknes, Agadir va Fes shaharlarida ham his qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Marokash , #Al - Hauz , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar