Nevada shtatida minglab odamlar hududni tark eta boshladi

Festival o‘tkazilgan Qora Qoya cho‘li zamini 1-sentabr kuni kuchli yomg‘irlar tufayli loy ko‘lmakiga aylanib, minglab odamlar qamalib qolgan edi.

2033282
Nevada shtatida minglab odamlar hududni tark eta boshladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarining Nevada shtatidagi cho'lda o'tkazilgan dunyodagi eng katta musiqa festivallaridan biri bo'lgan "Burning Man"da ishtirok etgan  yomg’ir va og'ir havo tufayli qolib ketgan minglab odamlar uchun hududni tark etish jarayoni boshlandi.

Tashkilot mas'ullari o'z bayonotida festival hududidan chiqish jarayoni boshlanganini va haydash taqiqi bekor qilinganini e'lon qildi.

Festival o‘tkazilgan Qora Qoya cho‘li zamini 1-sentabr kuni kuchli yomg‘irlar tufayli loy ko‘lmakiga aylanib, minglab odamlar qamalib qolgan edi.

Tashkilot rasmiylari, 40 yoshda deb taxmin qilingan bir kishining o'lganini, ammo o'lim sababi kuchli yomg'ir emasligini ma'lum qildi va voqea yuzasidan tergov boshlandi.

Hududga kirish va chiqish joylaridagi barcha yo‘llar yopilgani va reyslar amalga oshirilmaganini ma’lum qilgan mutasaddilar ishtirokchilarga turgan joyida qolishni, oziq-ovqat, suv va avtomobil yoqilg‘isini saqlashni tavsiya qildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Burning Man , #Nevada , #AQSh

Aloqador xabarlar