Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga maktub yo'lladi

“Men Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Qora dengiz don tashabbusini yangilash boʻyicha aniq takliflarni taqdim etgan holda maktub yubordim",-deydi Antoniu Guterrish.

2031654
Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga maktub yo'lladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Qora dengiz don yo'lagi kelishuvini yangilash uchun aniq qadamlar yozilgan maktub yo'lladi.

Guterrish bu haqda Nyu-Yorkdagi BMT binosida qilgan bayonotida qayd etdi.

Uning ta'kidlashicha, Qora dengiz don tashabbusi oziq-ovqat bozorlari va oziq-ovqat xavfsizligiga juda muhim hissa qo'shadi. Ushbu tashabbusning yangilanishi ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim hisoblanadi.

Guterrish Rossiyaning tashabbus bilan bog'liq shikoyat va talablarini ham ko'rib chiqqanligini aytdi.

“Men Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Qora dengiz don tashabbusini yangilash boʻyicha aniq takliflarni taqdim etgan holda maktub yubordim",-deydi u.

"Yangi kelishuv barqaror bo'lishi kerak. Biz inqirozdan inqirozga tortiladigan va doimiy ravishda to'xtatib turiladigan tashabbusni xohlamaymiz. Biz ishga yaraydigan va foydali tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deya ta'kidlagan Guterrish takliflar Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarining jahon bozorlariga yanada samarali va arzon narxlarda chiqishini ta’minlashga qaratilganligini qo‘shimcha qildi.

Guterrish katta sa'y-harakatlar bilan ijobiy natijaga erishish mumkinligini va bu jamiyatlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun muhim ekanligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Antoniu Guterrish

Aloqador xabarlar