Moskva va Bryansk viloyatlari havo hududida 2ta dron urib tushirildi

TASS axborot agentligining xabariga ko'ra, Moskvadagi Vnukovo va Domodedovo aeroportlari uchish va qo'nishlarni vaqtincha to'xtatgandan taxminan 1 soat keyin o'z faoliyatini qayta boshladi.

2029752
Moskva va Bryansk viloyatlari havo hududida 2ta dron urib tushirildi

 

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina Moskva va Bryansk viloyatlariga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujum qilishga uringan. 

Vazirlik bayonotida aytilishicha, Kiyev kechasi dronlar bilan Rossiya hududiga hujum qilishga uringan. Bryansk viloyati havo hududida 2 ta dron urib tushirilgan.

Vazirlikning yana bir bayonotida taʼkidlanishicha, bugun soat 04.30 atrofida Ukrainaning Moskvaga hujum qilishga urinishi oldi olindi, Moskva viloyatining Lyubertsi shahri havo hududida harakatlangan dron yoʻq qilindi.

Moskva meri Sergey Sobyanin ham o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Lyubertsi shahrida Moskva yo‘nalishida uchayotgan dronning urib tushirilishi natijasida qurbonlar va vayronalar bo‘lmagani, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlayotgani haqida ma’lum qildi.

Boshqa tomondan, TASS axborot agentligining xabariga ko'ra, Moskvadagi Vnukovo va Domodedovo aeroportlari uchish va qo'nishlarni vaqtincha to'xtatgandan  taxminan 1 soat keyin o'z faoliyatini qayta boshladi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar