Eron Daniya va Shvetsiyani Qur'onni yoqishning og'ir oqibatlari haqida ogohlantirdi

Eron Daniya va Shvetsiyada Qur’oni yoqish harakatlari davom etar ekan, ushbu davlatlarning Tehrondagi muvaqqat ishlar vakilini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi.

2027084

Eron davlat televideniyesidan berilgan xabarga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Daniya va Shvetsiya muvaqqat ishlar vakillari Eronning Qur’onga nisbatan hurmatsizlik harakatlariga e’tirozini bildirgan.

Eron rasmiylari Qur'on va islomning muqaddas kitoblariga qarshi qayta-qayta qilinayotgan harakatlarni keskin qoraladi.

Shuningdek, Daniya va Shvetsiya muvaqqat ishlar vakillari Qur'onni haqorat qilishning og'ir oqibatlari va butun javobgarlik Shvetsiya va Daniya hukumatlariga tegishli ekanligi haqida ogohlantirildi.

Daniya va Shvetsiya diplomatlari, Eronning e'tirozlari haqida o'z mamlakatlarini xabardor qilishlarini aytishdi.

Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Daniya , #Eron

Aloqador xabarlar