Rossiya Ukrainaga qarshi yana hujum uyushtirdi va oqibatida 7 kishi halok boʻldi

Rossiya Ukrainaning Chernigov shahriga qarshi hujum uyushtirdi va oqibatida 7 kishi halok boʻldi.

2026803
Rossiya Ukrainaga qarshi yana hujum uyushtirdi va oqibatida 7 kishi halok boʻldi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Chernigov shahriga qarshi uyushtirilgan raketa hujumida 7 kishi halok bo'ldi, 129 kishi tan jarohati oldi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Rossiya raketasi Chernigov shahri markazidagi maydon, universitet va teatr joylashgan nuqtaga kelib tushganini bildirib,

“Oʻlganlar va jarohat olganlar bor. Yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardlik bildiraman”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Zelenskiy, voqea joyida har qanday xizmat berilayotganini qayd etdi.

Prezident Zelenskiy, dunyoni Rossiyaga qarshi birlashtirish uchun yana - da ko‘proq harakat qilishlarini ta’kidladi.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ham, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida 7 kishi halok boʻlgani va 129 kishining tan jarohati olganini ifoda etdi. Shuningdek tan jarohati olganlardan 15 nafarining yosh bola, 15 nafarining esa politsiya xodimi ekaniga e’tibor qaratdi.

Chernigov shahar kengashining Telegram kanali tomonidan berilgan bayonotda esa, Rossiyaning hujumlari sababli shaharda 19 - 21 avgust kunlari motam kuni deb e’lon qilingani bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Chernigov , #Rossiya , #hujum

Aloqador xabarlar