Isroil qamoqxonalaridagi 1000 nafar falastinlik mahbus muddatsiz ochlik e'lon qildi

Isroil qamoqxonalaridagi 1000 nafar falastinlik mahbusning muddatsiz ochlik e'lon qilgani bildirildi

2026277
Isroil qamoqxonalaridagi 1000 nafar falastinlik mahbus muddatsiz ochlik e'lon qildi

 

Isroil qamoqxonalaridagi 1000 nafar falastinlik mahbusning muddatsiz ochlik e'lon qilgani bildirildi

Falastin asirlari matbuot idorasi direktori Ahmed al-Kudra, mavzu haqida yozma bayonot berdi.

Kudra, Isroildagi barcha qamoqxonalardan ming nafar Falastinlik mahbusning mahalliy vaqt bilan soat 19:00 dan boshlab "qamoqxona ma'muriyatining tajovuzkorligiga norozilik bildirish uchun" muddatsiz ochlik e'lon qilganini bildirdi.

Uning qayd etishicha, barcha Falastinliklar hibsga olinganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar bo‘lib, “ko‘chalarga chiqishlari” kerak dedi.

Kudra, ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda yashovchi Falastinliklardan qamoqxonalardagi mahbuslarga nisbatan "shafqatsiz" hujumga norozilik bildirish uchun bugun  namoyish o’tkazishlarini so'radi.

Falastinlik mahbuslar bilan shug'ullanuvchi inson huquqlari tashkilotlarining qo'shma press-relizida, Isroil janubidagi Negev qamoqxonasi ma'muriyati qamoqxonaning 3 va 4-bo'limlariga reyd o'tkazib, u yerdagi mahbuslarni boshqa joyga o'tkazgani bildirildi.

Bayonotda, voqeadan keyin qamoqxonalarda haddan tashqari keskinlik yuzaga kelgani bildirildi.

Falastin asirlari uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida 5000 nafar Falastinlik mahbus, jumladan, 1200 dan ortiq ma’muriy mahbuslar bor.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar