Isroil Germaniyaga "Arrow 3" raketalardan mudofaa tizimini sotadi

AQSh Isroilga Germaniyaga 100 kilometrdan ortiq balandlikdagi nishonlarga zarba bera oladigan "Arrow 3" raketalardan mudofaa tizimini sotishga ruxsat berdi.

2026145

Bu haqda 17 avgust, payshanba kuni Isroil Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Vashingtonning roziligi Isroil va Germaniya o‘rtasida tarixdagi eng yirik harbiy kelishuvga yo‘l ochdi.

Bayonotda, Isroil Mudofaa vazirligi Germaniya Federal Mudofaa vazirligi va Isroil Aerokosmik sanoati o'rtasida 3,5 milliard dollarlik kelishuv imzolanishi bildirildi.

Vazirlik bu Isroilning mudofaa sohasidagi eng yirik kelishuvi bo'lishini aytdi.

Isroil va Germaniya rasmiylari Isroil va AQSh hamkorligida ishlab chiqarilgan "Arrow 3" tizimini xarid qilish uchun sentyabr va aprel oylarida uchrashgandi.

Isroil Mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, AQSh Raketaga qarshi mudofaa agentligi va Isroil Aerokosmik sanoati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va ballistik raketalarni tutib olishga mo'ljallangan "Arrow 3" dunyodagi eng ilg'or tizimlardan biri.

Tanlangan kalimalar: #Arrow 3 , #Isroil

Aloqador xabarlar