Gavayidagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 96 nafarga yetdi

AQSh prezidenti Jo Bayden yong‘in tufayli Mauini “falokat zonasi” deb e’lon qildi.

2024488
Gavayidagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 96 nafarga yetdi

 

AQShning Gavayi shtatidagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 96 nafarga yetdi.

CNN xabariga ko'ra, Maui mintaqaviy ma'muriyati Katta orol va Maui orollarida davom etayotgan o'rmon yong'inlaridagi so'nggi vaziyat haqida bayonot berdi.

Bayonotda yong'inlar oqibatida hayotdan ko'z yumganlar sonining 96 nafarga yetgani bildirildi.

Milliy bo'ron markazi (NHC) tomonidan berilgan bayonotda, Sharqiy Tinch okeanining eng g'arbiy qismida "tropik depressiya" shakllanayotgani va Gavayi janubidan tropik bo'ron sifatida o'tishi kutilayotgani qayd etildi.

AQSh prezidenti Jo Bayden yong‘in tufayli Mauini “falokat zonasi” deb e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Gavayi

Aloqador xabarlar