Kopengagenda Qur’on-i Karimga qarshi hujum uyushtirilishi davom etmoqda.

Islomga qarshi va irqchi “Danske Patrioter (Daniya vatanparvarlari)” deb nomlangan guruh aʼzolaridan biri yana Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Qurʼon-i Karimni yoqib yubordi.

2023797
Kopengagenda Qur’on-i Karimga qarshi hujum uyushtirilishi davom etmoqda.

Daniya poytaxti Kopengagenda Qur’on-i Karimga qarshi hujum uyushtirilishi davom etmoqda.

Islomga qarshi va irqchi “Danske Patrioter (Daniya vatanparvarlari)” deb nomlangan guruh aʼzolaridan biri Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Qurʼon-i Karimni yoqib yubordi.

Shundan so‘ng guruh, Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida Qur’on kitobiga o‘t qo‘ydi.

Islomga qarshi bannerlar ochib, shiorlar aytgan guruh a’zolari bu lahzalarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efir orqali namoyish etdi.

Guruhning provokatsiyalari politsiya himoyasi ostida amalga oshirildi.

So‘nggi paytlarda Shvetsiya va Daniyada Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlar avj olar ekan, bu provokatsiyalarga yo‘l qo‘yish norozichililarni tug‘dirmoqda.

Daniyada islomofob va o‘ta millatchi bir guruh aprel oyidan boshlab Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Turk bayrog‘i bilan Qur’onga hujum qila boshlagandi.

Islomga qarshi bannerlar ochib, islomni haqorat qiluvchi shiorlar bilan hayqirgan guruh a’zolari 21-iyul kuni Iroq, 24-iyul kuni Eron va Iroq, 25-iyul kuni Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalari oldida Qur’on-i Karimga o‘t qo‘ygandi.

Guruh, 28-iyul kuni Kopengagendagi jome’ masjidi oldida yoqib yuborgandi Qur’on-i Karimni.

Qur’onga qarshi uyushtirilgan hujumlarni muhokama qilish maqsadida 31-iyul kuni o‘tkazilgan Islom Hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari o‘n sakkizinchi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi paytida, Daniya bilan Shvetsiyada ham Qur’onga qarshi hujumlar uyushtirildi.

1-avgust kuni Kopengagendagi Turkiya, Iroq, Misr va Saudiya Arabistoni elchixonalari oldida, 3-avgust kuni esa Turkiya, Iroq, Misr, Saudiya Arabistoni va Eron elchixonalari oldida Qur’on kitobiga o‘t qo‘yib yuborildi.

Guruh 4-avgust kuni Turkiya, Iroq, Misr, Saudiya Arabistoni va Eronning, 7-avgust kuni esa Turkiya, Pokiston, Jazoir, Indoneziya va Eronning Kopengagen elchixonalari oldida yoqib yubordi Qur’on kitobini.

Provokatsiyalar 8-avgust kuni Turkiya, Jazoir, Pokiston, Indoneziya, 9-avgust kuni esa Turkiya, Pokiston, Jazoir, Indoneziya va Eronning Kopengagen elchixonalari oldida davom etdi.

Asli eronlik bo‘lgan daniyalik rassom Firuze Bazrafkan ham 5-avgust kuni Kopengagenda Qur’on-i Karimga qarshi hujum uyushtirdi.

Bu harakatlarning politsiya himoyasi ostida va rasmiylar ruxsati bilan amalga oshirilishiga, Turkiya bosh bo‘lish bilan birga dunyoning bir necha davlati norozichilik ko‘rsatdi.

 



Aloqador xabarlar