Xitoy Yevropa Ittifoqini o'zaro muloqotni kuchaytirishga chaqirdi

Sinxua xabariga ko'ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Xosep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

2021160
Xitoy Yevropa Ittifoqini o'zaro muloqotni kuchaytirishga chaqirdi

 

Xitoy Yevropa Ittifoqini munosabatlarga yangi turtki berish uchun institutsional muloqotni kuchaytirishga chaqirdi.

Sinxua xabariga ko'ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Xosep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida Vang I Xitoy va Evropa Ittifoqi o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishga yangi turtki berish uchun institutsional muloqotni kuchaytirishga chaqirdi.

Yevropa Ittifoqining Xitoy bilan yaxshi aloqalarni rivojlantirish va davom ettirishni xohlayotganini ifoda etgan Borrell, Yevropa Ittifoqining Global Gateway Strategiyasi va Xitoyning Belt and Road tashabbusi raqib emas, balki bir-birini toʻldiruvchi va global taraqqiyotni rivojlantirishni maqsad qilganligini taʼkidladi.

Xosep Borrel ilgari ikki marta qoldirilgan Xitoyga tashrifini intiqlik bilan kutayotganini va bu safar o‘tkaziladigan Xitoy-Yevropa Ittifoqi rahbarlari sammitiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tomonlar o‘rtasida strategik muloqotni imkon qadar tezroq boshlash istagida ekanligini ta’kidladi. 

Borrell aprel oyida Pekinga rejalashtirilgan tashrifini koronavirusga (Kovid-19) chalingani uchun keyinga qoldirgandi, keyin iyul oyining boshidagi rejalashtirilgan tashrifi bu safar Xitoy tomonidan bekor qilingandi. Tashrifning bekor qilinishiga sobiq tashqi ishlar vaziri Chin Gangning ishdan bo‘shatilishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Xitoy

Aloqador xabarlar