Afg‘onistonda ikki marotaba yer silkinishi kuzatildi

Afg‘onistonda kuzatilgan yer silkinishi O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda ham sezildi.

2020763
Afg‘onistonda ikki marotaba yer silkinishi kuzatildi

Afg‘onistonda kechadan beri ikki marotaba yer silkinishi kuzatildi. Ulardan biri kecha 5.8, ikkinchisi esa bugun 5.3 magnitudali ekani aniqlanar ekan, epitsentri mamlakatning Badaxshon viloyati deb qayd etildi.  

Qo‘shni davlatlardan O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda ham sezilgan yer silkinishi, yerning 209 kilometr terangligida sodir bo‘lgani bildirildi.

Kecha oqshom qayd etilgan voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:31 da sodir boʻlib, epitsentri Badaxshon viloyatining Jurm tumani ekani aniqlandi.

Nomi tilga olingan voqealar Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari bosh bo‘lish bilan birga poytaxt Kobulda ham sezilar ekan, Tolibon yetakchiligi, vayronagarchilik haqida hali hanuz bayonot bermadi.

Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Hindukush tog‘larida joylashgan Badaxshonda, yer silkinishi voqealari tez-tez kuzatiladi.

O‘tgan 2022-yilning iyun oyida Pokiston chegarasidagi Paktika viloyatida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali yer silkinishi oqibatida 1200 kishi halok bo‘lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Badaxshon , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar