Rossiyaning Novorossiysk portiga Ukraina tomonidan sodir etilgan hujum to’xtatildi

Bayonotda qayd etilishicha, hududda dengiz dronlari aniqlangan va portni qo'riqlayotgan rus kemalari tomonidan yo'q qilingan. Agar bu tasdiqlansa, Rossiyaga oid asosiy savdo portlaridan biriga Ukrainaning birinchi hujumi bo‘ladi.

2020153
Rossiyaning Novorossiysk portiga Ukraina tomonidan sodir etilgan hujum to’xtatildi

 

Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi Novorossiysk portida kecha tunda portlash ovozlari eshitildi.

“Mintaqadagi Rossiya dengiz flotiga Ukraina tomonidan ikkita dengiz vositasi bilan sodir etilgan hujum to’xtatildi” deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Bayonotda qayd etilishicha, hududda dengiz dronlari aniqlangan va portni qo'riqlayotgan rus kemalari tomonidan yo'q qilingan.

Agar bu tasdiqlansa, Rossiyaga oid asosiy savdo portlaridan biriga Ukrainaning birinchi hujumi bo‘ladi.

Novorossiyskdagi tankerlarga neft yuklaydigan Kaspiy quvurlari konsorsiumi port barcha kemalar harakatini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi.

Ularning inshootlari buzilmagani va allaqachon langarda turgan tankerlarga neft yuklash davom etayotgani ma'lum qilindi.

Rossiya o‘tgan oy Ukraina portlaridan xavfsiz don eksport qilish imkonini beruvchi kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgani uchun Qora dengiz va qo‘shni portlardagi mojarolar kuchaygan.

Rossiyaning uchuvchisiz havo vositalari va raketalari Qora dengizda yoki yaqinida Ukrainaning ko'plab port ob'ektlari va don zaxiralariga zarba berdi.

Eslatish joizki, 2022-yil 24-fevralda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirishga buyruq bergandi va shu tariqa Rossiya-Ukraina urushi boshlangandi.

Putin Kiyevning NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va uni Rossiya taʼsir doirasida saqlab qolish uchun mamlakatni demilitarizatsiya qilish va natsistlardan tozalashni maqsad qilganini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar