Shvetsiyadagi Eritreya madaniyat festivali namoyishchilar hujumiga uchradi

Shvetsiyadagi Eritreya madaniyat festivalida eritreyalik muxoliflarning hujumi oqibatida 52 kishi yaralandi.

2020044
Shvetsiyadagi Eritreya madaniyat festivali namoyishchilar hujumiga uchradi

 

Shvetsiyadagi Eritreya madaniyat festivalida eritreyalik muxoliflarning hujumi oqibatida 52 kishi yaralandi.

Qayd etilishicha, Shvetsiyada o'tkazilgan madaniyat festivalida Eritreyaga qarshi namoyishchilar festivalga bostirib kirgan.

Voqeada 52 kishi jarohat olgan.

Shvetsiyaning "Expressen" gazetasining xabariga ko‘ra, Sharqiy Afrikadagi Eritreya davlatiga qarshi minglab namoyishchilar festival hududidagi stendlar va transport vositalariga o‘t qo‘ygan.

"Agar siz Shvetsiyaga zo'ravonlikdan qochish yoki vaqtinchalik tashrif uchun kelgan bo'lsangiz, bu yerda zo'ravonlikka sabab bo'lmasligingiz kerak. Shvetsiyani boshqa davlatlar o'rtasidagi ziddiyatga bu tarzda tortilishining ma'nosi yo'q", deb bayonot berdi Shvetsiya adliya vaziri Gunnar Stryommer.

Voqealar yuzasidan tergov boshlangani sababli 100 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

Shvetsiyada yashovchi minglab eritreyaliklar ishtirokida bo'lib o'tgan festival 1990-yillardan beri har yili o'tkazib kelinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Eritreya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar