Eronda o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Samolyotning qulashi sabablari haqida ma'lumot berilmagan bo'lsa-da, voqea yuzasidan tergov boshlangani qayd etildi.

2018035
Eronda o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

 

Eronning Keraj shahrida o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Eron rasmiy agentligi IRNA xabariga ko'ra, bu haqda Peyam aeroporti jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yozma bayonot berdi.

"Kerajdagi Peyam aeroportida mashg'ulot samolyotining qulashi natijasida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi", deyiladi bayonotda.

Samolyotning qulashi sabablari haqida ma'lumot berilmagan bo'lsa-da, voqea yuzasidan tergov boshlangani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar