Gretsiyadagi o'rmon yong'inlarida 4 kishi halok bo'ldi

Volos shahri yaqinida sodir boʻlgan yongʻin tufayli sanoat zonasi va ayrim aholi punktlari evakuatsiya qilindi.

2016733
Gretsiyadagi o'rmon yong'inlarida 4 kishi halok bo'ldi

 

Gretsiyada bir necha kundan beri davom etayotgan o'rmon yong'inlarida qurbonlar soni 4 nafarga yetdi.

Yunoniston matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, bugun Magnisiya hududida sodir bo'lgan yong'inda 45 yoshli bir kishi hayotdan ko'z yumdi.

Almiros tumanida joylashgan Platanos qishlog‘i yaqinidagi yong‘inda bir ayol halok bo‘ldi.

Volos shahri yaqinida sodir boʻlgan yongʻin tufayli sanoat zonasi va ayrim aholi punktlari evakuatsiya qilindi.

Boshqa tomondan, Korfu va Rodosdagi yong'inlar davom etar ekan, kecha kechasi mintaqadagi ba'zi aholi punktlari ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilindi.

Poytaxt Afinadan taxminan 200 kilometr uzoqlikdagi Egribozdagi Platanistos mintaqasida oldingi kun yong'in o'chirish samolyotining qulashi natijasida 2 kishi halok bo'lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar