Birlashgan Arab Amirliklari eronlik 21 nafar mahbusni ozod qildi

Ozodlikka chiqarilgan Eron fuqarolari BAA Prezidenti Al Nahayon tomonidan avf etilgan va ma’muriy tartib-qoidalardan so‘ng o‘z mamlakatlariga qaytadilar.

2016140
Birlashgan Arab Amirliklari eronlik 21 nafar mahbusni ozod qildi

 

Birlashgan Arab Amirliklarida qamoqda o‘tirgan 21 nafar eronlik avf etildi va ozod etildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, bu mamlakatda qamoqxonada saqlanayotgan 21 nafar eronlik mahbus BAA Prezidenti Muhammad bin Zaid Al Nahayonning roziligi bilan Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyonning BAAga tashrifi chog'ida amalga oshirgan uchrashuvlari doirasida ozod qilindi. 

Ozodlikka chiqarilgan Eron fuqarolari Al Nahayon tomonidan avf etilgan va ma’muriy tartib-qoidalardan so‘ng o‘z mamlakatlariga qaytadilar.

Ular qanday jinoyatlar uchun sudlangani va BAAda qancha vaqt ushlab turilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abdullahiyon 22 iyun kuni rasmiy tashrif doirasida BAAda Prezident Al Nahayon bilan uchrashgandi.

Avvalroq, 13-iyul kuni BAAda qamoqqa olingan 15 nafar eronlik ozod qilinib, o‘z mamlakatlariga qaytarilgan edi. 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #BAA

Aloqador xabarlar