Putin Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etmaydi

Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi. Bu haqda bugun, 19 iyul kuni Janubiy Afrika Prezidenti saytida ma'lum qilindi.

2013544
Putin Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etmaydi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avgust oyida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitiga bormaydi.

Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.

Bu haqda bugun, 19 iyul kuni Janubiy Afrika Prezidenti saytida ma'lum qilindi.

“O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin sammitda qatnashmaydi, lekin Rossiya Federatsiyasi tomonidan Tashqi ishlar vaziri janob Sergey Lavrov ishtirok etadi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Aytish joizki, bu Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan Putinni hibsga olishga order berilganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Rasmiy Moskva hozircha bunga munosabat bildirgani yo‘q.


Tanlangan kalimalar: #BRICS , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar