Argentinada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi

Zilzila Argentina bilan qo‘shni mamlakat Chilining markaziy va janubiy hududlarida ham sezildi.

2012201
Argentinada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi

 

Janubiy Amerika davlatlaridan biri Argentinada 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi.

Amerika Qo'shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) 6,6 magnitudali zilzila epitsentri Neuken shtatidagi Loncupue shahridan 25 kilometr janubi-sharqda bo'lganini ma'lum qildi.

Zilzila Argentina bilan qo‘shni mamlakat Chilining markaziy va janubiy hududlarida ham sezildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 171 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzilada qurbonlar va mol-mulkka zarar yetish holatlari kuzatilmagan. 


Tanlangan kalimalar: #Argentina

Aloqador xabarlar