Pokistonda musson yomgʻirlari tufayli 91 kishi halok bo'ldi

25-iyun-12-iyul kunlari Pokistonda kuchli musson yomgʻirlari sabab hayotdan koʻz yumganlar soni 91 kishiga yetdi.

2011164
Pokistonda musson yomgʻirlari tufayli 91 kishi halok bo'ldi

 

25-iyun-12-iyul kunlari Pokistonda kuchli musson yomgʻirlari sabab hayotdan koʻz yumganlar soni 91 kishiga yetdi.

Pokiston Milliy Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi, musson yomg'irlari tufayli jarohatlanganlar sonining 151 nafarga yetganini ma'lum qildi.

Bayonotda, aytilgan sanalarda kuchli yog'ingarchilik tufayli 99 uyning zarar ko'rgani bildirildi.

Davn gazetasida chop etilgan xabarga ko'ra, Panjob viloyatining Kasur mintaqasida Sutlej daryosining toshib ketishi oqibatida 15 qishloq suv toshqinidan zarar ko'rgan.

To‘fon sodir bo‘lgan qishloqlardan 11 ming kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Suv toshqini tufayli 4 ta qishloqda elektr ta’minoti uzilgan, bu yerda hozirgacha hech qanday qurbon bo‘lmagan.

Boshqa tomondan, Panjobning Jhang tumanidagi 40 qishloq Chenab daryosining toshib ketishidan zarar ko'rdi.

Hududda suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi haqida aholi ogohlantirildi.

Har yili iyun-sentyabr oylarida musson yomg'irlari Pokistonga katta zarar etkazadi.

O‘tgan yili Pokistonda musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 1739 kishi halok bo‘lgan edi. Mamlakatga sel falokatining zarari 30 milliard dollardan oshgani e'lon qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #halok , #91 kishi , #musson yomgʻirlari , #Pokiston

Aloqador xabarlar