Ispaniyaning Kanar orollari yaqinida 300 muhojir bedarak yo‘qoldi

Qayd etilishicha, Senegaldan Ispaniyaning Kanar orollariga jo‘nab ketgan uchta muhojir qayiqlarning birida taxminan 65, ikkinchisida 50-60, uchinchisida 200 ga yaqin odam bo‘lgan.

2009296
Ispaniyaning Kanar orollari yaqinida 300 muhojir bedarak yo‘qoldi

 

Ispaniyaning Kanar orollari yaqinidagi dengizda kamida 300 nafar muhojir bedarak yo‘qoldi. 

Qayd etilishicha, Senegaldan Ispaniyaning Kanar orollariga jo‘nab ketgan uchta muhojir qayiqlarning birida taxminan 65, ikkinchisida 50-60, uchinchisida 200 ga yaqin odam bo‘lgan.

Har uchchala qayiq bundan ikki hafta oldin Kanar orollaridan biri Tenerifedan 1700 kilometr (1057 milya) uzoqlikda joylashgan Senegal janubidagi Kafountineni tark etgan. G‘arbiy Afrika qirg‘oqlari yaqinidagi Kanar orollari Ispaniyaga yetib olmoqchi bo‘lgan muhojirlar uchun asosiy manzilga aylangan.

Aytilishicha, odamlar Senegalni mamlakatdagi beqarorlik tufayli tark etgan.

Muhojirlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Ispaniyaning “Caminando Fronteras” (yurish chegaralari) nodavlat tashkiloti matbuot kotibi Helena Maleno, Reuters agentligiga bergan bayonotida, janubdagi Kafountin mintaqasi qirg'oqlaridan 15 kun oldin jo'nab ketgani taxmin qilingan qayiqlardan birida 200 ga yaqin tartibsiz muhojir bo'lgan, qolgan ikki qayiqda 65 va 60 nafar atrofida muhojir bo'lganini ma'lum qildi.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvaridan mayigacha Kanar orollariga 4,4 mingdan ortiq noqonuniy migrantlar kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 47 foizga kam.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Kanar orollariga yetib borishga uringan kamida 559 kishi, jumladan, 22 nafar bola halok bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya

Aloqador xabarlar