Xitoy kompaniyasi Afg'onistonda neft qazib olishni boshladi

5 yanvar kuni Tolibon muvaqqat hukumati va Xitoy kompaniyasi (CAPEIC) o‘rtasida mamlakat shimolidagi Amudaryo atrofida neft qidirish va qazib olish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

2009175
Xitoy kompaniyasi Afg'onistonda neft qazib olishni boshladi

 

Afg'onistonda Tolibon bilan Xitoyning CAPEIC kompaniyasi hamkorligidan so'ng Sar-i Pul viloyatida birinchi marta neft qazib olindi.

Tolibon muvaqqat hukumati kon va neft vaziri oʻrinbosari Shahobeddin Dilaver va Xitoy kompaniyasi rasmiylari Sar-i Pul viloyatining Qashqari tumanidagi neft qudugʻidan qazib olishni boshlash marosimida ishtirok etdi.

Tolibon vakili o‘z nutqida 2023-yil oxirigacha ushbu hududdagi yana 15 ta neft qudug‘i ta’mirlanib, foydalanishga topshirilishini ta’kidladi.

U xorijiy investorlarni Afg'onistonga taklif qilar ekan, kelgusida viloyatdagi neft quduqlaridan 100 tonna neft qazib olinishini aytdi.

Boshqa tomondan, Tolibon ma'muriyati Afg'oniston shimolidagi Mozori Sharif va Shibirgan shaharlari o'rtasida 95 kilometrlik tabiiy gaz quvuri loyihasi boshlanganini e'lon qildi.

5 yanvar kuni Tolibon muvaqqat hukumati va Xitoy kompaniyasi (CAPEIC) o‘rtasida mamlakat shimolidagi Amudaryo atrofida neft qidirish va qazib olish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

Kelishuvga koʻra, Juzjon, Faryob va Sar-i Pul viloyatlarida umumiy 4500 kvadrat kilometr maydonda neft qidirish ishlari olib boriladi.

Xitoy kompaniyasi ushbu loyihaga birinchi yilda 150 million dollar, dastlabki 3 yilda esa jami 540 million dollar sarmoya kiritishi kutilmoqda.

Shartnoma muddati 25 yilni o'z ichiga oladi, biroq Xitoy kompaniyasi 1 yil ichida o‘z majburiyatlarini bajarmasa, shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Tolibon avvalo loyihadan 20 foiz ulush oladi va buning vaqt o'tishi bilan 75 foizga ko'tarilishi bildirilgan.

Mazkur loyiha 3 ming afg'onni ish bilan ta'minlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Xitoy

Aloqador xabarlar