Nablusning Eski shahariga uyushtirilgan bosqinda 2 Falastinlik halok bo'ldi

Ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilning shimolidagi Nablusning Eski shahariga Isroil askarlari tomonidan uyushtirilgan bosqinda 2 Falastinlik halok bo'ldi, 1 nafari yaralandi.

2008359

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari Nablusning Eski shahariga reyd o‘tkazib, uyni qamal qilgan.

Shundan so'ng Isroil askarlari bilan falastinliklar o'rtasida mushtlashuv boshlandi

Xabar qilinishicha, Isroil qo‘shimcha kuchlari Quddus ko‘chasidan shaharga kirib, Eski shahar hududi tomon yurgan.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati tomonidan berilgan yozma bayonotda, Isroil kuchlari tomonidan uyushtirilgan bosqinda 2 Falastinlik hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

Bayonotda, orqa va oyog'iga  o'q tekkan bir yaradorning shifoxonaga olib ketilgani qayd etildi.

Tanlangan kalimalar: #Bosqin , #Nablus , #G'arbiy Sohil , #Isroil

Aloqador xabarlar