Stoltenberg:"NATO sammitida Shvetsiya alyansga a’zo bo‘la olmaydi"

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Shvetsiya har qanday holatda ham alyansga a’zo bo‘la olmaydi, chunki bu vaqtga qadar hatto Anqaraning roziligi bilan ham Turkiya tomonidan ariza ratifikatsiya qilinishi imkonsiz.

2008290
Stoltenberg:"NATO sammitida Shvetsiya alyansga a’zo bo‘la olmaydi"

 

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Shvetsiya har qanday holatda ham alyansga a’zo bo‘la olmaydi, chunki bu vaqtga qadar hatto Anqaraning roziligi bilan ham Turkiya tomonidan ariza ratifikatsiya qilinishi imkonsiz.

Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 6 iyul kuni Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Mumkin bo‘lgan va biz erishmoqchi bo‘lingan narsa – bu sammitdagi ijobiy qarordir. Ya’ni Turkiya Shvetsiyaning arizasini ratifikatsiya qilishga rozi bo‘lishi. Lekin hali qilinadigan ishlar bor. Ratifikatsiya dushanba (10 iyul) kuni bo‘lmaydi, lekin biz siyosiy yechimga erisha olamiz", degan Stoltenberg Vilnyusdagi sammitda Shvetsiya NATOga a’zo bo‘ladimi, degan savolga javob berarkan.

Shvetsiyaning qurol eksporti cheklovlarini olib tashlaganini, terrorizmga qarshi kurashda qonuniy o'zgarishlar kiritganini va razvedka bilan hamkorlik qilganini ifoda etgan Stoltenberg, Shvetsiya va Turk xavfsizlik bo'linmalari o'rtasida yanada chuqur hamkorlik qilish mumkinligiga ishonganligini va buning davom etishini ifoda etdi.

Stoltenberg, kechagi uchrashuv va dushanba kuni Vilnyusda Erdo'g'an va Kristersson bilan o'tkazadigan uchrashuvi, kelishmovchiliklarni bartaraf etishni maqsad qilganini bildirdi.

Aytilishicha, NATO Bosh kotibi shu yilning 10 iyulida Vilnyusda Turkiya va Shvetsiya rahbarlari bilan tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish ustida ishlashni davom ettirish uchun uchrashuv o‘tkazadi. Bosh kotib bugungi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ham oldinga siljish bo‘lganini ta’kidlagan. 

"Bugun biz muvaffaqiyatga erishdik. Dam olish kunlarida ishlashni davom ettiramiz. Mening vazifam Turkiyadan Shvetsiya a’zoligi bo‘yicha kafolatlarga erishishdir”, degan Stoltenberg.

"Ixtiloflarni bartaraf etishning yagona yo'li - NATOda har doimgidek o'tirib maslahatlashishdir. Biz yig'ilishda yaxshi muvaffaqiyatlarga erishdik. Kelgusi hafta NATO sammitida ijobiy qaror qabul qilish mumkin. Biz hammamiz Shvetsiyaning a'zolik arizasiga rozi bo'ldik. U imkon qadar tezroq tasdiqlanishi kerak" deydi u.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya va Finlyandiya 2022 yilning may oyida Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilish uchun ariza bergan, biroq Turkiya PKKni terrorchi deb e’lon qilishni va 2016 yilda davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblanganlarni ekstraditsiya qilishni talab qilib, qo‘shilish jarayoniga to‘sqinlik qilgan. O‘tgan yilning 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, o‘sha paytdagi Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Uning yakunida memorandum imzolangan. Bu o‘ziga xos yo‘l xaritasi bo‘lib, Stokgolm va Xelsinkiga NATOga qo‘shilish imkonini berishi ko‘zlangan. Joriy yilning 31 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni ma’qullagan, mamlakat 4 aprelda alyansga a’zo bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya parlamenti spikeri Numan Kurtulmush Anqara talablarini bajarishdan bosh tortayotgan Shvetsiyaning NATOga kirishi amalga oshmaydigan orzusi bo‘lib qolishini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #NATO

Aloqador xabarlar