Shvetsiya hukumati Qur'onning yoqib yuborilishini "provokatsiya" deb baholadi

Shvetsiya hukumati, poytaxt Stokgolmda Qurbon hayitining birinchi kuni masjid oldida Qur'onning yoqib yuborilganini qoralab, mamlakatda irqchilik, xorijiy dushmanlik va toqatsizlikka o'rin yo'qligini bildirdi.

2006145
Shvetsiya hukumati Qur'onning yoqib yuborilishini "provokatsiya" deb baholadi

 

Shvetsiya hukumati, poytaxt Stokgolmda Qurbon hayitining birinchi kuni masjid oldida Qur'onning yoqib yuborilganini qoralab, mamlakatda irqchilik, xorijiy dushmanlik va toqatsizlikka o'rin yo'qligini bildirdi.

Kecha Islom Hamkorlik Tashkiloti Qur'on va Muhammad payg'ambarni qayta-qayta tahqirlashga qarshi "ommaviy choralar" ko'rishga chaqirganidan so'ng, Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

"Shvetsiya hukumati mamlakatdagi namoyishlarda shaxslarning islomofobik harakatlari musulmonlar uchun haqoratli boʻlishi mumkinligini tushunadi. Shvetsiya hukumatining ko’z qarashini hech qanday aks ettirmaydigan bu harakatlarni keskin qoralaymiz",-deyiladi bayonotda.

Bayonotda shuningdek, Qur'on va boshqa muqaddas kitoblarning yoqib yuborilishi "aniq provokatsiya" sifatida baholangan.

"Irqchilik, ksenofobiya va shunga o'xshash murosasizlikka Shvetsiyada ham, Yevropada ham o'rin yo'q",-degan so’zlarga o’rin berildi.

Shvetsiyada Qur'onning yoqib yuborilishiga Britaniyada ham e'tiroz bildirildi.

Londonda o’tkazilgan namoyishlarda “Erkinlikning ham chegarasi bor” deb yozilgan bannerlar ko‘tarildi.

Saudiya Arabistoni voqea munosabati bilan Shvetsiyaning Ar-Riyoddagi elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi.

“Saudiya Arabistoni bu sharmandali harakatni qat’iyan rad etadi”, — deyiladi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Bayonotda Shvetsiya hukumatidan “xalqlar va davlatlar oʻrtasida mavjud boʻlishi kerak boʻlgan hurmatga putur yetkazuvchi, bagʻrikenglik va moʻtadillik kabi qadriyatlarga zid boʻlgan harakatlarni toʻxtatish” soʻralgan.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda iroqlik Salvan Momika 28 iyun kuni Stokgolm masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur'onni yoqib yuborgandi.

Ushbu provokatsiya xalqaro maydonda, ayniqsa Turkiyada norozilikka sabab bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya

Aloqador xabarlar