Vladimir Putin Qurʼonni tahqirlash jinoyat ekaniga eʼtibor qaratdi

Putin Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston avtonom respublikasining Derbent shahriga tashrif uyushtirdi.

2005197
Vladimir Putin Qurʼonni tahqirlash jinoyat ekaniga eʼtibor qaratdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin baʼzi mamlakatlarda Qurʼonni tahqirlash jinoyat emasligiga eʼtibor qaratib:

“Mamlakatimizda esa bu holat, ham konstitutsiya ham da jazo kodeksiga ko‘ra jinoyat hisoblanadi”. - dedi.

Putin Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston avtonom respublikasining Derbent shahriga tashrif uyushtirdi.

Unda Derbentdagi tarixiy masjidda bo‘lgan Putin, Dog‘iston musulmonlari vakillari bilan uchrashdi.

Musulmonlarning Qurbon hayitini tabriklagan Putinga Qur’on-i Karim sovg‘a qilindi.

Vladimir Putin, sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirib:

“Qur’on-i Karim musulmonlar uchun muqaddasdir. Shunday ekan u, boshqalari uchun ham muqaddas bo‘lishi kerak. Biz bilamizki, boshqa mamlakatlarda unga boshqacha munosabatda bo‘lishadi. Ular insonlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilmaydi va bu holatni ham jinoyat emas deb hisoblaydilar. Mamlakatimizda esa ham konstitutsiya ham da jazo kodeksiga ko‘ra jinoyat hisoblanadi. Biz bu qoidalarga har doim amal qilamiz”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar