Vagner guruhi Rostov va Voronejdan keyin Lipetsk viloyatiga ham kirgani maʼlum qilindi

Rossiya maʼmuriyatiga qarshi isyon koʻtargan “Vagner” guruhi Rostov va Voronejdan keyin Lipetsk viloyatiga ham kirgani maʼlum qilindi.

2003981
Vagner guruhi Rostov va Voronejdan keyin Lipetsk viloyatiga ham kirgani maʼlum qilindi

Rossiya maʼmuriyatiga qarshi isyon koʻtargan “Vagner” guruhi Rostov va Voronejdan keyin Lipetsk viloyatiga ham kirgani maʼlum qilindi.

Rossiya matbuoti xabariga koʻra, Lipetsk gubernatori Igor Artamonov “Vagner” guruhiga tegishli harbiy karvon viloyat chegaralari ichida olgʻa siljayotganini maʼlum qilgan.

Artamonov huquq-tartibot idoralari xodimlari va mahalliy hokimliklar tomonidan odamlar xavfsizligi uchun barcha choralar ko‘rilgani, vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

“Vagner” xususiy xavfsizlik kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya armiyasini Vagnerga hujum uyushtirganlikda aybladi va javob qaytarish bilan tahdid qildi, “Vagner” jangchilari Ukrainani tark etib, chegaradosh Rostov viloyatiga kirishdi.

Ushbu holat yuzasidan Federal xavfsizlik xizmati (FSB) “qurolli tartibsizlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vagnerning isyonini “vatanga xiyonat” deb baholadi.

Prigojin Moskvaga borishlarini ma'lum qildi va Kreml ma'muriyati mamlakatning ko'p joylarida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Vagner jangchilari Rostovdan keyin Voronejda ham ko'rilgani haqida xabarlar bor edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Lipetsk , #Vagner

Aloqador xabarlar