Olaf Scholz:"Rossiya-Ukraina urushi uzoq davom etishi mumkin"

"Urush uzoq davom etishi mumkin. Shunga ko'ra tayyor bo'lishimiz kerak" deydi Germaniya kansleri Olaf Scholz.

2001696
Olaf Scholz:"Rossiya-Ukraina urushi uzoq davom etishi mumkin"

 

Germaniya kansleri Olaf Scholz Rossiya-Ukraina urushi uzoq davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirdi va bunga tayyor bo'lish kerakligini aytdi.

U poytaxt Berlinda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashgandan keyin uyushtirilgan qo'shma matbuot anjumanida, uchrashuvning asosiy mavzusi Vilnyusdagi NATO sammitiga tayyorgarlik ekanligini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, sammitda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va uning oqibatlari bilan qanday kurashish kerakligi chuqur muhokama qilinadi.

"Urush uzoq davom etishi mumkin. Shunga ko'ra tayyor bo'lishimiz kerak" deydi u.

Vilnyusda Finlyandiya va Shvetsiyaning ittifoqdosh sifatida muzokara stolida o'rin olishi juda muhim ekanini ta'kidlagan Scholz, "Biz NATO Bosh kotibi bilan muhim infratuzilma xavfsizligini, ayniqsa Shimoliy dengizdagi xavfsizlikni muhokama qildik. Bosh kotibga NATOning muvofiqlashtiruvchi rolini oshirishga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tabiiy gaz quvurlari, shuningdek, suv osti kabellari yoki shamol turbinalarini sabotaj qilish butun Ittifoq xavfsizligiga ta'sir qiladi va bu faqatgina Ittifoqchilarning masalasi emas",-dedi.

NATO Bosh kotibi Stoltenberg ham NATOning Ukrainadagi urushning Rossiya shartlariga koʻra tugatilishiga qarshi ekanligini maʼlum qildi va “Biz hammamiz bu urushning tugashini xohlaymiz, lekin bu adolatli tinchlik, mojaroni toʻxtatish va Rossiya talab qilgan kelishuvni qabul qilish degani emas" dedi.


Tanlangan kalimalar: #Olaf Scholz

Aloqador xabarlar