Gretsiya qirg‘oqlarida muhojirlarga to'la kema halokatga uchradi

Yunonistonning Peloponnes yarim oroli yaqinida shu paytgacha 79 kishining hayotiga zomin bo'lgani aniqlangan kema falokatiga aloqador 9 kishi qo'lga olindi.

2000566
Gretsiya qirg‘oqlarida muhojirlarga to'la kema halokatga uchradi

 

Yunonistonning Peloponnes yarim oroli yaqinida shu paytgacha 79 kishining hayotiga zomin bo'lgani aniqlangan kema falokatiga aloqador 9 kishi qo'lga olindi.

Gretsiya radio va televideniye korporatsiyasi ERT qo'lga olingan to'qqiz kishi Misr fuqarolari ekanini ma'lum qildi.

Xabarda, Liviyaning sharqiy qismidagi Tobruk hududida bir muddat to'xtagandan so'ng, kemaning Misrdan chiqib, Italiyaga qarab harakat qilgani bildirildi.

Save The Children nohukumat tashkiloti o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bir kun oldin ag'darilib ketgan qayiqning ushlagichida 100 ga yaqin bolaning qamalib qolgan bo'lishi mumkinligi haqida guvohlarning ifodalari borligini bildirdi.

Immigratsiya va boshpana vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, qutqarilgan 104 kishi orasida qarovsiz 8 nafar bola ham bor.

Gretsiya poytaxti Afinada voqeaga qarshi namoyish chog'ida politsiya bilan namoyishchilar o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

"Chegaralarni oching" va "Sizning tizimingiz o'ldirmoqda" degan bannerlar ko'tarilgan namoyishda falokatdan Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosati mas'ul deb topildi.

Yunonistonning Peloponnes orolidagi Navarino shahridan 47 dengiz mili uzoqlikda tartibsiz muhojirlarni olib ketayotgan baliqchi qayig‘i xalqaro suvlarda ag‘darilib ketgandi.

Voqeada 79 kishi hayotdan ko'z yumgan, 104 kishi qutqarib Kalamata portiga olib ketilgan.

Yunoniston Sohil xavfsizlik xizmati qochqinlarning 47 nafari Suriya, 43 nafari Misr, 12 nafari Pokiston va 2 nafari Falastin fuqarosi ekanini maʼlum qildi.

Notijorat Alarm Phone ma'lumotlariga ko'ra, bortda 700 ga yaqin odam bo'lgan.

Dengizdagi qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar