Ukrainada evakuatsiya ishlari davom etmoqda

Ukrainada qayd etilgan suv toshqinlari yuzasidan evakuatsiya ishlari davom etmoqda.

1999697
Ukrainada evakuatsiya ishlari davom etmoqda

Ukrainadagi Kahovka to‘g‘oni bilan GES portlashi ortidan suv toshqinidan ziyon ko‘rgan hududlarning aholisi Odessa shahriga evakuatsiya qilinmoqda.

O‘tgan hafta Kahovka GESi portlashi oqibatida suv ostida qolgan aholi punktlaridan tinch aholini qutqarish ishlari davom etmoqda.

Hozirgacha 2700 nafardan ortiq inson evakuatsiya qilingan hududdan tinch aholining bir qismi uyushgan guruhlarda avtobuslar orqali Odessaga olib kelingan, bir qismi esa mamlakatning turli hududlariga yuborilmoqda.

Har kuni 100 ga yaqin inson olib borilgan Odessada, fuqarolar yotoqxona va mehmonxonalarga joylashtiriladi. Bu yerda evakuatsiya qilingan aholiga kundalik ehtiyojlar va moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Boshqa tomondan Ukraina Ichki Ishlar Vazirligi, Kahovka to‘g‘onining urilishi natijasida suv bosgan 7 ta aholi punktida suv butunlay tortib olinganini ma’lum qildi.

Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida berilgan bayonotda:

“Olgivka, Mikaylivka, Lvov, Burgunka, Stepanivtsi, Bobroviy Kut va Zapovit qishloqlaridan suv butunlay tortib olindi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda Xerson viloyatidagi Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi 28 aholi punkti esa hamon suv ostida ekani ta’kidlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #evakuatsiya , #suv toshqinlari

Aloqador xabarlar