Stoltenberg Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun AQShga minnatdorchilik bildirdi

Yens Stoltenberg rasmiy tashrifi doirasida borgan Vashingtonda Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi.

1999343
Stoltenberg Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun AQShga minnatdorchilik bildirdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Yens Stoltenberg rasmiy tashrifi doirasida borgan Vashingtonda Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi.

NATO Bosh kotibi AQShga ittifoq va Ukrainani qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, yevropalik ittifoqchilari ham oʻz zimmasiga tushganini bajarib, Ukrainaga milliardlab dollarlik iqtisodiy va harbiy yordam berayotganini taʼkidladi.

Rossiya bilan kurashayotgan Ukrainaga berilgan yordam maydonda yaqqol namoyon boʻlayotgani va Kiyevning oldinda ekanini qayd etgan Stoltenberg:

“Ukraina sohada qancha koʻp hududni ozod qilsa, muzokaralar stolida ham qoʻli ana shunchalik kuchliroq boʻladi va Rossiya Davlat rahbari (Vladimir) Putin, bu jarayonda va hujumkorona urushda gʻalaba qozona olmasligini tushunib yetadi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar