Shvetsiya Oliy sudi Qur'onni yoqishni taqiqlovchi qarorni bekor qildi

Fevral oyida politsiya Turkiya va Iroq elchixonalari oldida norozilik uyushtirishni istagan ikki kishiga xavfsizlik bo'yicha xavotirlar tufayli ruxsat bermagandi va masala sudga topshirilgandi.

1998699
Shvetsiya Oliy sudi Qur'onni yoqishni taqiqlovchi qarorni bekor qildi

 

Shvetsiya Oliy sudi politsiyaning Qur'onni yoqishni taqiqlovchi qarorini bekor qildi.

Fevral oyida politsiya Turkiya va Iroq elchixonalari oldida norozilik uyushtirishni istagan ikki kishiga xavfsizlik bo'yicha xavotirlar tufayli ruxsat bermagandi va masala sudga topshirilgandi.

Sud politsiyadan Qur'onni yoqishni taqiqlovchi qarorini bekor qilishni so'ragan.

Shvetsiya hukumati yangi haftani navbatdan tashqari yig'ilish bilan boshladi.

Hukumat Turkiyada narkotik moddalar savdosida ayblangan va ayni paytda bo'lginchi terror tashkiloti PKKni qo'llab-quvvatlagan shaxsni ekstraditsiya qilishga qaror qildi.

2013-yilda Turkiyada sudlangan va 5 yildan beri Shvetsiyada yashagan 35 yoshli shaxsning yaqin oylarda ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.

Giyohvand moddalar savdosi aybi bilan Turkiyada 4 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan mahkum shartli ozodlikka chiqqanidan keyin Shvetsiyaga ketgan edi.

Ushbu shaxs avgust oyida Shvetsiyada Turkiya prokuraturasi talabiga binoan hibsga olingan edi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya

Aloqador xabarlar